Green Card’ga ariza berish jarayoni o‘zgaradi
Olam
−
07 noyabr 27907 1 daqiqa
AQSH Davlat departamenti Green Card 2027 lotereyasiga ariza topshirish muddati va jarayoniga o‘zgartirishlar kiritilganini e’lon qildi. Bu haqda idoraning rasmiy saytida xabar berildi.
“AQSH Davlat departamenti Diversity Visa (DV) dasturida ariza topshirish jarayoniga ayrim o‘zgarishlar kiritmoqda. DV–2027 uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanish sanasi, shuningdek, DV–2027 tanlov natijalari Entry Status Check (ES) tizimi orqali qachon e’lon qilinishi imkon qadar tez fursatda ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, bildirilishicha, ushbu o‘zgarishlar DV–2027 dasturi doirasida g‘oliblar uchun vizaga ariza topshirish muddatiga ta’sir qilmaydi – u avvalgidek 2026 yil 1 oktyabrdan 2027 yil 30 sentyabrgacha davom etadi.
Qayd etish joiz, Green Card uchun arizalar odatda har yili oktyabr oyi boshidan 5 noyabrgacha qabul qilinardi. Lekin joriy yilda hali arizalar qabul qilinishi boshlanmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat departamenti 2025 yil 16 sentyabrdan boshlab Diversifikatsiya vizasi (DV Lottery) yoki “Green Card lotereyasi”da ishtirok etuvchi barcha shaxslar $1 elektron ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini to‘lashi shart bo‘lishini e’lon qilgandi.
Live
Barchasi