Gruziyada qulagan Turkiya samolyotida hech kim omon qolmagan
Olam
−
12 noyabr 20413 2 daqiqa
Avvalroq, Turkiyaning Ozarbayjondan Gruziyaga uchayotgan S-130 harbiy transport samolyoti halokatga uchragandi. Samolyot bortida 20 nafar turkiyalik harbiy xizmatchi, jumladan, ekipaj a’zolari bo‘lgan va ularning barchasi voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlari Gruziya hukumati bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Gruziya Ichki ishlar vazirligi ham halokatni tasdiqlagan va samolyotning Ozarbayjon chegarasidan besh kilometr narida qulaganini bildirgan.
Rasmiy ma’lumotlarda aytilishicha, samolyot hech qanday favqulodda signal yubormagan va Gruziya havo hududiga kirganidan bir necha daqiqa o‘tib radarlardan yo‘qolgan. Halokat joyida qalin tutun ko‘tarilgan.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an hodisa haqidagi xabarni eshitgach, Anqarada qilayotgan nutqini to‘xtatib, halok bo‘lganlarni “shahidlarimiz” deb atagan. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham hamdardlik bildirib, samolyot Ganjadan uchganini ma’lum qilgan.
Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya ijtimoiy tarmoqda o‘z gruziyalik mavqedoshi Geloy Geladze bilan telefon orqali vaziyatni muhokama qilgani va u ham halokat joyiga yo‘l olganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Lockheed C-130 Hercules – bu AQSHning Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan o‘rta va uzoq masofalarga mo‘ljallangan harbiy-transport samolyoti. U tuproq yo‘laklarga qo‘nish va ulardan uchishga, harbiy yuklar, shaxsiy tarkib va jarohatlanganlarni tashishga mo‘ljallangan. CNN Türk ma’lumotiga ko‘ra, ushbu turdagi samolyot Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan turli missiyalarda faol foydalaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining F-18 qiruvchi samolyoti va MH-60R Sea Hawk vertolyoti Janubiy Xitoy dengizida halokatga uchragandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr