Gulistonga 52 ta avtobus olib kelindi

Jamiyat

image

Guliston shahridagi ichki yo‘llar bo‘ylab qatnovlarni amalga oshirish maqsadida 52 ta avtobus olib kelindi. Ular “Yevro-5” standarti talablariga to‘liq javob beradi hamda tabiiy siqilgan gazda harakatlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 dekabr kuni Guliston shahri jamoat transporti infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida olib kelingan zamonaviy avtobuslar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Har biri 65 nafar yo‘lovchini qulay sharoitlarda manziliga yetkazishga mo‘ljallangan ushbu avtobuslar past polli bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning harakatlanishi uchun maxsus pandus uskunalari va alohida o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Yo‘l haqi to‘lovlarini elektron tarzda ham amalga oshirish uchun “ATTO” tizimi o‘rnatilgan.

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyoji hisobga olinib, avtobuslar harakati Guliston shahrining 23 ta mahallasini to‘liq qamrab oluvchi jami 7 ta shahar ichki yo‘nalishida brutto-shartnoma asosida harakatlanadi. Natijada avtobuslarning harakat intervali avvalgiga nisbatan 2 barobarga qisqarib, kuniga 29 ming nafar aholiga qulay, xavfsiz va arzon transport xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlanadi.

Yana bir jihat: mazkur qatnovlar orqali yiliga 38 milliard so‘mdan ziyod transport xizmatlari ko‘rsatiladi, 120 nafar ish o‘rni yaratiladi.

Davlat rahbari mutasaddilarga yurtimiz shaharlarining jamoat transporti parklarini shunday zamonaviy avtobuslar bilan to‘ldirish ishlarini izchil davom ettirish, fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shu yerda kelgusida 11 metrli, uzoq masofaga mo‘ljallangan yana 30 ta avtobusni olib kelish rejasi haqida ma’lumot berildi. Ushbu loyiha amalga oshirilsa, qo‘shimcha yana 150 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sirdaryo avtobus Guliston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing