Gvardiola muxlislar bilan xayrlashdi
Sport
−
25 may 1705 2 daqiqa
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘zining so‘nggi o‘yinidan keyin muxlislarga murojaat qildi. Premer-liganing 38-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Aston Villa”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
“Hozir juda hayajondaman. Nega meni bunchalik sevasiz? Men hech qachon bunday mehrni tasavvur qilmagan edim. 10 yil davomida sizlarning murabbiyingiz bo‘lish men uchun ulkan sharaf bo‘ldi. Juda ta’sirli hissiyotlarni boshdan kechiryapman. Bugun otam ham tribunada edi, u 95 yoshda. Balki u buni to‘liq his qilmas, ammo ishonamanki, ko‘p yillardan keyin shu go‘zal tribuna mening oilam nomi bilan ataladi. Bu men uchun eng katta sharaf.
Futbolchilar buni bilishmaydi, ammo men har doim ularni kuzatib boraman. Ular ushbu darajani saqlab qolish uchun katta mas’uliyatga ega. Shuning uchun umid qilamanki, ular kurashishda davom etishadi.
Bu mening uyim. Agar meni ko‘chada yoki “Etihod”da ko‘rsangiz va siz “Manchester Siti” muxlisi bo‘lsangiz, oldimga keling. Bu klubni himoya qilish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Men qabul qilgan har bir qaror klub manfaati uchun edi. Barchangizni juda yaxshi ko‘raman. Bu ajoyib davr bo‘ldi”, deydi Gvardiola.
Pep Gvardiola 2016 yilning fevralidan beri “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda. 10 yil davomida u jamoa bilan 20 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular orasida 6 ta Premer-liga chempionligi va bitta Chempionlar ligasi g‘alabasi ham bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xosep Gvardiolaning agenti Xosep Mariya Orobitg “Al-Nasr” va Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF) ispaniyalik murabbiyga qiziqish bildirganini tasdiqlagandi.
Live
Barchasi