Gvardiola yozda “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin
Sport
−
20 yanvar 1453 1 daqiqa
“Manchester Siti” rahbariyati va bosh murabbiy Pep Gvardiola mavsum oxiridan keyin hamkorlikni davom ettirish yoki yo‘qligini hal qilish maqsadida muhim uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda “Topskills Sports” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Gvardiolaning kelajagi uning kelgusi oylardagi natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Agar jamoa 2025-2026 yilgi mavsum davomida klub rahbariyatining kutgan natijalariga erishmasa, Pep Gvardiola yozda “Siti”ni tark etishi mumkin.
Shuningdek, agar Gvardiola 2026 yil yozida klubni tark etsa, italiyalik murabbiy Enso Mareska “shaharliklar” boshqaruvini qabul qilishi kutilmoqda. Mareskaning o‘zi ham “Manchester Siti”da ishlashni istayotgani va murabbiylik lavozimini egallashga tayyorligi aytilmoqda. Gvardiolaning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi.
Ma’lumot uchun, Gvardiola shogirdlari Angliya Premer-ligasi doirasidagi so‘nggi 4 ta uchrashuvdan beri g‘alaba qozona olgani yo‘q. Jamoa hozirda 43 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Live
BarchasiMen diktatorman – Tramp
10:14