“Iflos, urod”. Ohangaronda tarbiyachi bolani haqoratlab, kaltakladi (video)
3-sahifa
−
08 aprel 15806 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimining tarbiyalanuvchi bolalardan biriga jismoniy kuch ishlatib, uni turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, vazirlik Toshkent viloyatida kuzatilgan ushbu holatni o‘rganib chiqqan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining joriy yil 6 apreldagi tegishli buyrug‘i bilan bolani haqoratlagan tarbiyachi Sh.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Videoda ko‘rish mumkinki, tarbiyachi bolani uxlamagani uchun kaltaklagan va “iflos”, “urod” kabi so‘zlar bilan haqoratlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi xususiy bog‘chada bolani uxlamagani uchun kaltaklagan tarbiyachi ishdan olingandi.
Qolaversa, Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi mashg‘ulot jarayonida bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgandi.
Live
Barchasi