IIO xodimi 43 yoshli erkakni Nexia’da urib o‘ldirdi. Murda hali topilmagan
3-sahifa
−
15 dekabr 9645 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bekobod tuman Ichki ishlar bo‘limi Jinoyat qidiruvi bo‘limi tezkor xodimi 43 yoshli erkakni mashinasida urib ketishi oqibatda erkak vafot etgani, shuningdek, IIO xodimi marhumning murdasini daryoga oqizib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Uning bildirishicha, haqiqatan ham joriy yilning 11 dekabr kuni Bekobod tumani “Qoraquyli” MFY hududidan o‘tgan “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtomobil yo‘lining 64-kilometrida oq rangli Nexia-3 rusumli avtomashina piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Ushbu avtohalokat oqibatida 43 yoshli erkak B.U. vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 12 dekabr kuni Bekobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi va 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxsga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda, marhum B.U. ning murdasini topishga qaratilgan tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudi sudyasi mast holda avtomashina olib qochgani, buning ortidan esa sudya lavozimidan ozod qilinib, uning sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatilgani, shuningdek, ushbu sudya 7 yilga qamalgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi