IIO va Milliy gvardiya xodimlarining talabini bajarmaganlik uchun jarimalar oshirildi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ichki ishlar organlari xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Shuni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun kecha, 31 iyul kuni qabul qilindi.

Yangi qonun bilan endilikda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 12 baravarigacha (2 mln 60 ming so‘mdan 4 mln 944 ming so‘mgacha) miqdorda jarimaga sabab bo‘ladi. Oldin bunday huquqbuzarlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida jarima belgilangan edi. Agar xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, BHMning 12 baravaridan 30 baravarigacha (4 mln 944 ming so‘mdan 12 mln 360 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, sotuvchilarni oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishga undaydigan normalar belgilandi. Xususan, sotuvchi oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda tovarni topshirish bo‘yicha majburiyatini bajarmaganda, kechiktirilgan har bir vaqt birligi uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida iste’molchiga penya to‘lashi ko‘zda tutildi. Biroq bunda penyaning umumiy summasi topshirilmagan tovar bahosidan oshib ketmasligi kerak. 

Bundan tashqari, qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, barcha oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda faqat yodlangan tuzdan foydalanilishi belgilandi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur qonun joriy yil  21 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan  qabul qilingan, 28 mayda esa Senat tomonidan ma’qullangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya ichki ishlar organlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing