Iqlim yana jonlana boshladimi?

Bu qiziq

image

Iqlim o‘zgarishi, rekord darajadagi issiqlik va ayrim davlatlarning ekologik cheklovlarni yumshatishi fonida xavotir kuchaymoqda. Biroq 2026 yilning ilk oylari atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida qator ijobiy o‘zgarishlarni ham namoyon etgan – qayta tiklanuvchi energiya, innovatsion texnologiyalar va tabiatni asrash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilgan. Bu haqda “Euronews” yozdi.

Joriy yilning fevral oyida Portugaliya elektr energiyasining 80,7 foizini qayta tiklanuvchi manbalar hisobiga ishlab chiqargan – bu so‘nggi to‘qqiz oydagi eng yuqori ko‘rsatkich. Norvegiya 96,3 foiz bilan yetakchilik qilgan. Yanvarda esa Belgiya, Daniya, Fransiya, Germaniya va boshqa davlatlar 2050 yilgacha Shimoliy dengizda 100 gigavatt quvvatga ega qo‘shma ofshor shamol loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Gamburg deklaratsiyasini imzolagan. 2025 yilda shamol va quyosh energetikasi birinchi bor YeIda yoqilg‘i manbalaridan ko‘proq elektr ishlab chiqargan.

Innovatsiyalar ham umid bag‘ishlamoqda. Finlyandiya sanoat issiqlik chiqindilarini kamaytirish uchun “issiq qum” texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Tadqiqotlar ayrim sharoitlarda havo frayerlari xona ichi havosini kamroq ifloslantirishini ko‘rsatgan. Fransiya uzumzorlarda qo‘llaniladigan zaharli fungitsidlarni taqiqlagan va “abadiy kimyoviy moddalar”ga qarshi qonun kuchga kirgan.

Tabiatni muhofaza qilish sohasida ham muhim yutuqlar qayd etilgan. Ochiq dengizlar bo‘yicha xalqaro shartnoma kuchga kirib, milliy chegaralardan tashqari suvlarda bioxilma-xillikni himoya qilish uchun huquqiy asos yaratgan. Olimlar marjon riflarini tiklash orqali oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash mumkinligini bildirgan. Shuningdek, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi Shimoliy Atlantika kitlari soni sekin-asta ortib bormoqda. Bu misollar muammolarga qaramay, iqlim uchun kurashda ijobiy burilishlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Portugaliya Ichki ishlar vaziri Mariya Lusiya Amaral lavozimidan iste’foga chiqqani, bunga mamlakatni qamrab olgan dovuldan keyin yuzaga kelgan inqirozli vaziyat tufayli jiddiy tanqidlarga uchragani sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Portugaliya qonunchiligiga ko‘ra, tabiiy ofatlarni mahalliylashtirish va ularning oldini olish Ichki ishlar vazirligining mas’uliyatiga kiradi.

Musulmon Sodiq


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Iqlim issiqlik ekologik cheklovlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing