Ikki million muxlis Pikeni haqorat qildi

Sport

image

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida mashhur qo‘shiqchi Shakiraning konserti vaqtida taxminan ikki million muxlis sobiq “Barselona” himoyachisi Jerar Pikeni haqorat qildi. Bu haqda “Pitchfork” nashri xabar berdi.

Kolumbiyalik san’atkor Braziliyada bepul konsert dasturini taqdim etdi. Taxminan ikki million kishi jamlangan tadbir davomida Shakira sahnada sobiq turmush o‘rtog‘i — Pikega ishora qiluvchi bayonot bergan.

 “Braziliyada qariyb 20 million yolg‘iz ona bor. Ular oilasini boqish uchun juda ko‘p mehnat qiladi. Men ham shulardan biriman”, deya muxlislarga murojaat qilgan Shakira.

Shundan so‘ng, tomoshabinlarning bir qismi musiqa ritmiga mos holda Pikega qarshi haqoratli shiorlar ayta boshlagan.

Ma’lumot uchun, Jerar Pike va Shakira 2022 yilda futbolchining xiyonati haqidagi mish-mishlar ortidan ajrashgan edi. Ularning ikki nafar o‘g‘li bor. Pike esa, 2022 yil noyabr oyida professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Jerar Pike Shakira

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing