La Liga chempionligi “El Klasiko”da hal bo‘ladi

Sport

image

Kecha, 3 may kuni Madridning “Real” jamoasi Ispaniya chempionatining 34-turida safarda “Espanol”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa La Liga chempionligi keyingi turdagi “El Klasiko”da hal bo‘ladigan bo‘ldi.

Uchrashuvda barcha gollarni Vinisius Junior kiritdi. U 55 va 66-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘z jamoasiga muhim g‘alaba keltirdi. Ushbu natijadan so‘ng, “Real Madrid” chempionlik uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi. Biroq “El-Klasiko” oldidan jamoa “Barcyelona”dan 11 ochkoga ortda bormoqda. Ushbu ikki jamoa o‘rtasidagi muhim uchrashuv joriy yilning 10 may sanasidan 11 mayiga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. “El Klasiko”dagi g‘alaba “Real Madrid”ga chempionlik kurashida imkoniyatni saqlab qolishiga yordam beradi. Durang va mag‘lubiyat esa, kataloniyaliklarga chempionlikni nishonlashga imkon beradi.

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi 34-tur doirasida “Osasuna” mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Hozirda “ko‘k-anorranglilar” La Liga turnir jadvalida 88 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ta’qibchi “Real Madrid”ning ochkolari soni esa, 77 ta. Navbatdagi turda ushbu jamoalar o‘zaro qarama-qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Real Madrid” “El' Klasiko”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing