Indoneziya G‘azoga minglab askar yuborishni rejalashtirmoqda
Olam
−
10 fevral 3012 1 daqiqa
Indoneziya G‘azo sektoridagi vaziyatni barqarorlashtirish kuchlari tarkibida ishtirok etish uchun harbiy kontingent yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Jerusalem Post” xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Indoneziya qo‘shinlarini anklav hududiga joylashtirishning aniq muddatlari hozircha belgilanmagan. Biroq ular G‘azo sektorining janubida – Rafah va Xon Yunus shaharlari oralig‘idagi hududga joylashtirilishi rejalashtirilayotgani aytilmoqda.
Manbaga ko‘ra, ayni paytda harbiylarni qabul qilishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, kontingent uchun turar-joy binolari qurilishi davom etmoqda.
Indoneziya yuborishi mumkin bo‘lgan harbiylar soni rasman oshkor etilmagan. Shunga qaramay, manbalarga ko‘ra, bir necha ming askarni joylashtirish masalasi muhokama qilinmoqda.
Isroil nashrlarining ta’kidlashicha, dunyodagi eng ko‘p aholiga ega musulmon davlati hisoblangan Indoneziya xalqaro barqarorlik kuchlari tarkibida G‘azoga harbiy yuboradigan ilk mamlakat bo‘lishi mumkin.