Indoneziyada Prezident mushugiga qo‘riqchi tayinlandi

Bu qiziq

image

Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto mushugi uchun maxsus qo‘riqchilar tayinlagani oqibatida mamlakatda mojaro kelib chiqdi. Bu haqda “Malay Mail” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat kotibi o‘rinbosari Juri Ardiantoro Prezidentning 9 yil oldin ko‘chadan topib olgan Bobbi laqabli mushugi rasmiy xavfsizlik protokoliga kiritilishi haqida ma’lum qilgan. Bu qaror jamoatchilik tanqidiga sabab bo‘lgan.

“Bobbi kimniki? Davlat uni qo‘riqlay oladimi? Albatta, ha. Nega bu norozilikka sabab bo‘lishi kerak?”, degan Ardiantoro.

Bobbining Jakartada o‘tkazilgan “Mushuksevarlar muloqoti kuni” festivaliga politsiya kuzatuvi ostida olib ketilayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga uchragan.

“Mushukka qo‘riqchi sifatida hamroh bo‘lganing uchun maosh olasanmi? Millat sifatida shunchalik yo‘ldan adashganmizmi?” deya izoh yozgan bir tarmoq foydalanuvchisi.

Shuningdek, Indoneziyada davlat byudjetidan mintaqaviy hayvonlar festivallari uchun katta mablag‘ sarflanishi ham jamoatchilik tanqidiga uchragan.

Dilshod Hakimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Indoneziya Mushuk festival Prabovo Subianto

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing