Insoniyat 2055 yilgacha Marsda yashay boshlashi mumkin – Ilon Mask

Bu qiziq

image

SpaceX asoschisi va bosh direktori Ilon Maskning fikricha, agar og‘ir yuk ko‘taruvchi raketalar bo‘yicha bir nechta muhim yutuqlarga erishilsa, insoniyat 2055 yilga borib Marsda barqaror va o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan koloniya tashkil eta oladi. Bu haqda u “All-In Podcast”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, agar Marsga parvozlar orqali yetkazib berish mumkin bo‘lgan tonnajni (yuk sig‘imi) eksponensial ravishda oshirilsa, 30 yil ichida odamzod Marsda yashashni boshlaydi. 

“Tonnajni ko‘paytirish juda muhim, chunki Marsdagi aholi punkti turarjoy modullari, robot yordamchilarigacha turli  hil narsalarni talab qiladi, jumladan, oziq-ovqat yetishtirish, Mars atmosferasidan yoqilg‘i olish, mikrochiplar, kompyuterlar va raketalarni ishlab chiqarish uchun materiallar kerak bo‘ladi”, deydi Mask. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelajakda to‘liq qayta foydalanish mumkin bo‘lgan Starship V3 transport tizimi ushbu vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, orbitaga 100 tonnadan ortiq foydali yukni olib chiqadi. Bu Falcon Heavy raketasining yuk sig‘imi hajmidan taxminan 2,5 baravar ko‘p degani. Biroq Falcon Heavy’dan Falcon 9 kabi, faqat qisman qayta foydalanish mumkin. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, Super Heavy va Ship bir nechta parvozlarni amalga oshira oladi. 

Maskning so‘zlariga ko‘ra, Starship V3’ning balandligi taxminan 124,4 metr bo‘ladi, Starship V2’niki esa 121 metrga teng. Ushbu uchinchi versiya Marsga ucha oladigan transport tizimining birinchi modifikatsiyasi bo‘ladi. SpaceX kelgusi yilning boshida undan Marsga birinchi uchuvchisiz missiyalarni amalga oshirish uchun foydalanmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marsda uzunligi 15 ming kilometrni tashkil etadigan ulkan daryolarning izlari aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

SpaceX Mars Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing