“Inter” Tyuramni sotishga majbur bo‘lishi mumkin
Sport
−
17:12 463 1 daqiqa
Italiyaning “Inter” jamoasi hujumchisi Markus Tyuram yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda “TuttoMercatoWEB” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Milan klubi moliyaviy muammolar sabab 28 yoshli fransiyalik futbolchini sotishga majbur bo‘lishi mumkin. “Inter” Tyuram transferidan kamida 65 million yevro ishlab olishni kutmoqda. Xabarlarga ko‘ra, bu mablag‘larni Angliya Premer-ligasi klublari to‘lashga tayyor.
Shuningdek, futbolchiga Turinning “Yuventus” klubi ham qiziqish bildirmoqda. Agar transfer amalga oshsa, Markus Tyuram u yerda to‘p surayotgan ukasi Xefren Tyuram bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Markus Tyuram 2023 yilda Germaniyaning “Borussiya Myonxengladbax” klubidan erkin transfer asosida “Inter” safiga qo‘shilgan. Uning Milan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda fransiyalik hujumchi “Inter” safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi