“Milan” derbida g‘alaba qozondi
Sport
−
09 mart 626 1 daqiqa
Kecha, 8 mart kuni Italiya A Seriyasining 28-turidan o‘rin olgan Milan derbisi bo‘lib o‘tdi. Unda rasmiy mezbon “Milan” “Inter” ustidan kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Rossoneri” Milan derbisida raqibini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni 35-daqiqada Pervis Estupinyan kiritdi.
Shu tariqa, “Milan” bu mavsumda ashaddiy raqibiga qarshi o‘tkazilgan ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozondi. Jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuv ham xuddi shu – 1:0 hisobida yakunlangandi. O‘sha mag‘lubiyat “Inter”ning A Seriyadagi so‘nggi mag‘lubiyati bo‘lib qolgan edi. Shundan so‘ng milanliklar 15 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etib, so‘nggi sakkizta bahsda g‘alaba qozonishgan.
Hozirda Italiya A Seriyasi turnir jadvalida “Inter” 67 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. “Milan” esa 60 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Keyingi turda “Inter” joriy yilning 14 mart kuni “Atalanta”ni qabul qiladi. “Milan” esa bir kundan so‘ng safarda “Latsio”ga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi