Interpol qidiruvidagi 3 o‘zbekistonlik BAAda ushlandi

3-sahifa

image

Birlashgan Arab Amirliklaridan Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasiga olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent va Abu-Dabi Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlarining yaqin hamkorligi va muvofiqlashtirishi natijasida og‘ir jinoyatlar sodir etganlik aybi bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan 3 nafar fuqaro Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekiston Respublikasiga topshirilgan.

Milliy markaziy byurolar o‘rtasidagi uchrashuvlar va muzokaralar davomida shakllangan ikki tomonlama aloqalar transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashga yo‘naltirilgan barcha jihatlarni hisobga olgan holda amaldagi xalqaro bitimlarga asoslangan tarzda jinoyatchilarni topshirish ko‘rsatkichlarining o‘sishi kuzatilmoqda.

Olib kelingan shaxslar O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan mamlakat hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarga oid ayblovlar bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan.

“Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilish uchun sud oldida javob beradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 12,3 kg narkotikni sotishga uringanlar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

BAA Interpol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing