iPhone 18 Pro qanday rangda bo‘lishi aytildi
Texnologiya
−
04 aprel 4418 1 daqiqa
Apple kompaniyasining iPhone 18 Pro turkumidagi smartfonlari klassik qora rangda chiqarilmaydi. Bu haqda insayder “Instant Digital”ga tayanib, “MacRumors” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya o‘zining keyingi avlod premium modellari uchun qora rangdan voz kechmoqda. iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max brend tarixida qora yoki to‘q kulrang variantlardan mahrum bo‘lgan ilk flagmanlar bo‘lgandi. Hozirda ular faqat kumushrang (Silver), to‘q sariq rang (Cosmic Orange) va to‘q ko‘k (Deep Blue) ranglarda ishlab chiqarilmoqda.
“Bloomberg” jurnalisti Mark Gurmanning xabar berishicha, hozirda Apple iPhone 18 Pro uchun bir nechta an’anaviy variantlar bilan birga to‘q qizil korpus rangini sinovdan o‘tkazmoqda.
Bungacha insayderlar binafsha va jigarrang versiyalar haqida gapirgan, biroq Mark Gurmanning fikricha, bularning barchasi shunchaki sinovdan o‘tkazilayotgan qizil konsepsiyaning ko‘rinishlaridir.
Shu bilan birga, kompaniya, aksincha, o‘zining bo‘lajak buklama iPhone modeli uchun klassik ranglar palitrasidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Ishlab chiqaruvchi yorqin ranglardan voz kechib, konservativ variantlar: kulrang (space gray) yoki qora, shuningdek, kumushrang yoki oq ranglarga ustunlik berishi kutilmoqda.
iPhone 18 Pro liniyasining rasmiy taqdimoti sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak, buklama smartfon esa bozorda o‘sha yilning biroz keyinroq muddatlarida paydo bo‘lishi mumkin.
Live
Barchasi