“Ippodrom”da yong‘in: mashinalar va mlrd so‘mlik tovarlar kulga aylangan
Intervyu
−
06 aprel 17834 1 daqiqa
Kecha, 5 aprel kuni xalq orasida "Ippodrom" nomi bilan mashhur bo‘lgan Chilonzor tumanidagi "Beshqo‘rg‘on" savdo majmuasida yirik yong‘in chiqdi. Uning tafsilotlarini o‘rganish maqsadida QALAMPIR.UZ jamoasi voqea joyiga bordi.
Tarmoqlarda tarqalgan videolarda alanga juda katta maydonni egallagani, quyuq qora tutun osmonga ko‘tarilgani ko‘rinadi. Odamlar jon holatda o‘z tovarlari va mashinalarini xavfsiz joyga olib chiqishga urinayotgani ham tasvirlarda aks etgan.
“Abu Sahiy majmuasidan olib chiqib tovarimizni shu yerga qo‘yamiz. Lekin oyma-oy pulini joyida to‘laymiz. Kecha soat uchda yong‘in bo‘lgan bo‘lsa, o‘shandan beri shu yerda o‘tiribmiz. Bizni ichkariga kiritgani yo‘q, yong‘in sababini ham bilmaymiz. Hech kim bizga aniq javob bermayapti”, deydi tadbirkor.
Biz suhbatlashgan tadbirkorlarning ayrimlari intervyu berishdan bosh tortdi. Ular bu baribir befoyda bo‘lishini, yetkazilgan zarar hech kim tomonidan qoplanmasligini bildirishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda "yong‘inda jarohat olganlar va vafot etganlar bor" mazmunida xabarlar tarqalgan. Biroq, FVVning bildirishicha, yong‘in oqibatida hech kimga ziyon yetmagan.
Ushbu reportajni to‘liq shaklda QALAMPIR.UZ’ning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Live
Barchasi