Islom Maxachev sambo bo‘yicha jahon elchisiga aylandi

Sport

image

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Islom Maxachev rasman sambo bo‘yicha global elchi etib tayinlandi. Taqdirlash marosimi kecha, 18 fevral kuni Lujniki shahrida Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) prezidenti Vasiliy Shestakov bilan uchrashuv chog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Shartnomaga FIAS prezidenti Vasiliy Shestakov hamda Maxachev imzo chekkan. Marosim davomida tashkilot rahbari jangchiga federatsiya lavhasi va logotipi tushirilgan maxsus kurtkani topshirgan.

Shestakov o‘z nutqida ushbu voqeani sambo muxlislari uchun muhim hodisa sifatida baholagan.

“Bugun barcha sport muxlislari, ayniqsa sambo ishqibozlari uchun quvonchli kun. Jangovar sambo bo‘yicha jahon chempioni va UFC’ning bir nechta vazn toifalarida chempion bo‘lgan hurmatli sportchimiz Islom Maxachev sambo bo‘yicha jahon elchisi bo‘lishga rozi bo‘ldi. Ishonchim komil, u federatsiyamiz uchun munosib elchi bo‘ladi”, deydi Shestakov.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 16 noyabr kuni Nyu-Yorkda o‘tkazilgan UFC turnirida Maxachev avstraliyalik Jak Della Maddalenani hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan mag‘lub etib, yarim o‘rta vazn toifasi chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Dog‘istonlik jangchi avvalroq yengil vazn toifasida ham chempion bo‘lgan va shu tariqa UFC tarixida ikki vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgan ilk rossiyalik sportchiga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

sambo UFC Islom Maxachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing