Maxachev Oq uyda jang qilishni xohlayotganini tasdiqladi
Sport
−
12:03 945 1 daqiqa
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Islam Maxachev joriy yilning iyun oyida Oq uyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan liga turnirida jang qilishga umid qilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Maxachev jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Menimcha, ushbu shou uchun karta hali to‘liq shakllanmagan. Mening jangim uchun taxminiy sana – agar Oq uyda bo‘lmasa, shu tadbir atrofida bo‘ladi. Hozircha jang aynan Oq uyda o‘tishi eng ehtimoliy variant”, dedi Maxachev jurnalistlarga.
2025 yil may oyida Maxachev UFC yengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo‘ldan boy bergandi. Noyabr oyida esa dog‘istonlik jangchi avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan mag‘lub etib, yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, u UFC tarixida ikki vazn toifasida chempion bo‘lgan ilk rossiyalik jangchiga aylandi.
Avvalroq, OAVda AQSH Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganining 250 yilligi munosabati bilan joriy yilning 14 iyun kuni o‘tkaziladigan turnirda Maxachevning irlandiyalik Ien Machado Gerriga qarshi jang qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Maxachevning ushbu jang uchun ehtimoliy raqiblari sifatida nigeriyalik-amerikalik Kamaru Usman, Machado Gerri hamda ekvadorlik Maykl Morales nomlari tilga olinmoqda.
Live
Barchasi