Ispaniya politsiyasi rossiyalik davlat menejerining villalarida tintuv o‘tkazdi

Olam

image

Kecha 9 mart kuni Ispaniya politsiyasi xodimlari Malorka orolidagi bir nechta hashamatli qasrlarda tintuv o‘tkazdi. Ushbu ob’ektlar “Rossiya vertolyotlari” xoldinggi rahbari Nikolay Kolyosovga tegishli ekani taxmin qilinmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “El Pais” nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tergov harakatlari mahalliy vaqt bilan soat 13:00 atrofida boshlangan. O‘nlab politsiya xodimlari Malorka janubidagi Kalviya munitsipalitetida joylashgan ikkita qasrga yetib borgan. Politsiyadagi manbalar boshqa tafsilotlarni ochiqlashdan bosh tortgan. Tergovni Ispaniya politsiyasi tarkibiga kiruvchi razvedka xizmati – Axborot bosh komissariati olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, 2025 yil iyun oyida Rossiya Korrupsiyaga qarshi kurash fondi surishtiruv e’lon qilgan. Unda Kolyosovning oilasi va unga aloqador shaxslar Ispaniyaning Palma-de-Malorka shahrida beshta villa, Yaltada saroy, Dubayda ko‘chmas mulk, shuningdek, ikkita samolyot va bitta vertolyotga egalik qilishi aytilgan. Tergovchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Malorkadagi uchta villa (har biri taxminan 750 kvadrat metr) Kolyosovning o‘g‘li Aleksey nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lib, u 2024 yilda, to‘rt yoshida ularning egasiga aylangan.

Nikolay Kolyosov 2007 yilda Amur viloyati gubernatori etib tayinlangan, biroq 2008 yildayoq iste’foga chiqqan. Shundan so‘ng u “Rostex” tarkibidagi “Radioelektron texnologiyalar konserni”ga (KRET) rahbarlik qilgan, 2021 yilda esa “Rossiya vertolyotlari” rahbari etib tayinlangan.

Xalqaro FBK rahbari Mariya Pevchix 2025 yil oktyabr oyida Ispaniyada Nikolay Kolyosovga tegishli ko‘chmas mulklar pul yuvish ishi doirasida xatlangani haqida xabar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Mal'orka tintuv Nikolay Kolesov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing