Isroil Livan, Suriya va G‘azodan qo‘shinlarini olib chiqmaydi – Kats

Olam

image

Isroil Livan, Suriya chegarasi va G‘azo sektorining bir qismidagi harbiy nazoratni saqlab qolish niyatida. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Isroil Kats AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar fonida X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Isroil armiyasi xavfsizlik hududlaridan — Hermon tog‘ining cho‘qqisidan tortib Livan tog‘lari, Samariya hududlari hamda G‘azo sektorining katta qismigacha bo‘lgan hududlardan chiqib ketmaydi.

Katsning ta’kidlashicha, Isroil 7 oktyabr voqealaridan asosiy saboq chiqargan va turli guruhlardan keladigan tahdidlarga qarshi o‘z chegaralarini himoya qilishda davom etadi.

“Mamlakatimiz xavfsizlik bo‘yicha aniq va o‘zgarmas pozitsiyaga ega: biz har qanday tahdidga qarshi harakat qilamiz, yon berish yoki murosaga emas, balki xavfsizlikni ta’minlaydigan qarorlarga intilamiz”, degan vazir.

Shu bilan birga, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSH va Eron o‘rtasidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuv yaqin kunlarda raqamli shaklda imzolanishi mumkinligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar yakuniy bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tsa, hujjat masofadan turib imzolanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron va AQSH o‘rtasidagi 14 banddan iborat anglashuv memorandumi loyihasining yangi tafsilotlari e’lon qilingan edi.

Qolaversa, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida AQSH va Eron o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi matni tomonlar o‘rtasida kelishib olinganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil Livan G'azo Isroil Kats

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing