Isroil Livanga bomba yog‘dirdi. 250 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Olam

image

Isroilning kecha, 8 aprel kuni Livanga qilgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 254 kishiga yetdi, mingga yaqin odam jarohatlandi. Bu haqda mamlakat Fuqaro mudofaasi ma’lumotlariga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.

“Chorshanba kungi hujumlar oqibatida kamida 254 kishi halok bo‘ldi, yana 1165 kishi jarohat oldi”, deyiladi xabarda.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Rakan Nasridinning ta’kidlashicha, Isroil Livanga yuzdan ortiq aviazarbalar berganidan keyin mamlakat “xavfli keskinlik”ka duch keldi. Nasridin tez tibbiy yordam mashinalari hali ham jabrlanganlarni shifoxonalarga yetkazayotganini qo‘shimcha qilgan va xalqaro tashkilotlarni yordam berishga chaqirgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq va zudlik bilan ochish evaziga Eronga beriladigan zarbalar ikki haftaga to‘xtatilishini e’lon qilgan edi. Isroil AQSHni qo‘llab-quvvatladi, biroq rasmiylar o‘t ochishni to‘xtatish rejimi Livanga taalluqli emasligini qayd etdi. O‘sha kuni Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) harbiy operatsiya boshlanganidan beri Livandagi “Hizbulloh” infratuzilmasiga qarshi eng yirik hujum yakunlanganini ma’lum qildi. Qo‘shma Shtatlar ham Livan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga kirmasligini bildirdi. Livanga qilingan hujumlardan so‘ng Eron Hormuz bo‘g‘ozini qaytadan yopib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Isroil Livan Hormuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing