Isroil Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shildi
Olam
−
13:40 874 2 daqiqa
Kecha, 11 fevral kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Vashingtonga tashrifidan so‘ng AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan tashkil etilgan “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Netanyaxu AQSHga tashrifi davomida Donald Tramp va Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashgan. Uchrashuvdan so‘ng Isroil “Tinchlik kengashi” a’zosiga aylanganini tasdiqlagan.
Qayd etish joiz, Trampning rejasiga ko‘ra, yangi kengash G‘azoning vaqtinchalik boshqaruvini nazorat qilishi, keyinchalik esa global mojarolarni hal qilishda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. BMT Xavfsizlik Kengashining 2025 yil noyabr oyida qabul qilingan rezolyutsiyasida ham G‘azoda xalqaro barqarorlikni ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlangan.
Biroq, ko‘plab huquqshunos va mutaxassislar Trampning ushbu tashabbusini tanqid qilmoqda. Ularning fikricha, kengashning tuzilishi va faoliyati BMT vakolatlariga putur yetkazishi mumkin. Shuningdek, kengash tarkibida Falastindan vakillar yo‘q ekanligi ham e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, mazkur “Tinchlik kengashi” nizomi 2026 yil 22 yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida 19 mamlakat vakillari, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan. OAVga ko‘ra, kengashning birinchi yig‘ilishi joriy yilning 19 fevral kuni o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH tinchlik tashabbusini amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan xalqaro “Tinchlik kengashi” tarkibini ma’lum qilgandi.
Jamshidbek Amirov
Live
Barchasi