Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Jamiyat
−
08:34 3108 1 daqiqa
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkinligi munosabati bilan O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchixonasi fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.
Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, barcha fuqarolar Isroil front orti qo‘mondonligi ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishi lozim.
Xavfsizlik maqsadida himoyalangan joylarga yaqin hududda bo‘lish, havo hujumi haqidagi signal yoki sirena yangraganda zudlik bilan boshpanalarga kirish hamda rasmiy ruxsat berilmaguncha ularni tark etmaslik tavsiya etilgan.
Shuningdek, fuqarolardan rasmiy xabarlar va favqulodda ko‘rsatmalarni muntazam kuzatib borish so‘ralgan.
Shoshilinch holatlarda quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin:
- 03-672-2466
- 03-672-2371
- 03-758-5075
- 03-758-5076
Favqulodda holatlar uchun:
+972 54-4851397
Avvalroq, Eron Isroilning Bayrut janubidagi Dahiya tumanida joylashgan “Hizbulloh” infratuzilma ob’ektiga bergan zarbasidan keyin Isroil hududiga raketa hujumlarini qayta boshlagan edi.
Shundan so‘ng Isroil tomoni Eronga qarshi javob zarbasini amalga oshirganini ma’lum qilgan.
Live
Barchasi