Isroilga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

3-sahifa

image

Jizzax va Samarqand viloyatlarida Isroilga, Buxoroda esa Bolgariya va Litva ishga yuborishni va’da qilganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentining Mirzacho‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B. 10 000 AQSH dollari evaziga fuqaro Z.I. ni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Isroil davlatiga ishlash uchun yuborishini aytib, kelishilgan puldan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Buxoro shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.A. fuqarolar U.R. va A.J.ni ishonchiga kirib, ularni go‘yoki chet elda yashovchi tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, Bolgariya va Litva davlatlariga yuborish uchun viza olib berishi evaziga 3 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.T.” MCHJ rahbari O.A. fuqaro M.M.ning ishonchiga kirib, uni 17 000 AQSH dollari evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishi uchun “ishchi viza” rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatida fuqarolarni ishlash maqsadida boshqa davlatga jo‘natishni va’da qilganlar ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

pora firibgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing