Isroilning G‘azoga hujumida 5 bola halok bo‘ldi
Olam
−
13:15 719 2 daqiqa
Isroilning G‘azo shahri sharqida joylashgan Al-Tuffah mahallasidagi ko‘chirilgan aholi boshpana topgan maktabga uyushtirgan hujumi oqibatida 5 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlarning aksariyati bolalar bo‘lgan. Shuningdek, bir nechta jarohatlanganlar davolanish uchun shifoxonalarga yetkazilgan.
Fuqarolik favqulodda xizmati jasadlarni faqat BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) Isroil tomoni bilan kelishuv o‘tkazgachgina olib chiqishga muvaffaq bo‘lganini bildirgan.
SAXAL hujumga izoh berar ekan, belgilangan sulh chizig‘idan tashqarida joylashgan boshqaruv tuzilmalarida shubhali shaxslar aniqlangani, shundan so‘ng isroillik harbiylar ularga qarata o‘q uzganini ma’lum qilgan.
“SAXAL ushbu hududdagi qurbonlar haqidagi da’volardan xabardor va hozirda holat tafsilotlari o‘rganilmoqda”, deyiladi Isroil harbiylari bayonotida.
HAMAS hujumni “vahshiy jinoyat” deb atab, uni sulh kelishuvining yana bir bor buzilishi sifatida baholagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu besh kishi bilan birga, oktyabr oyida sulh boshlanganidan beri Isroil o‘qi oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 400 nafarga yetgan.
Isroil esa shu davr ichida G‘azoda HAMAS tomonidan uch nafar isroillik askar o‘ldirilganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasi tomonidan G‘azo shahrida kuchli g‘ujum uyushtirilgan va oqibatda 7 kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi