“Istamayman”. Tramp Eron bilan sulhni uzaytirmasligini aytdi
Olam
−
21 aprel 4197 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan sulh muddatini endi uzaytirmasligini bildirdi va harbiy harakatlar davom ettirilishi mumkinligini inkor etmadi. Bu haqda u bugun, 21 aprel kuni CNBC telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Yo‘q, men buni qilishni istamayman”, deydi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Eron bilan tinchlik bitimi tuzilmasa, Qo‘shma Shtatlar harbiy harakatlarni qayta boshlashga tayyor.
“Men zarbalar berishga to‘g‘ri kelishini kutmoqdaman, chunki ishga aynan shunday kayfiyat bilan yondashish ma’qul deb hisoblayman. Ammo biz tayyormiz. Harbiylarni nazarda tutyapman – ular jangga oshiqishmoqda. Ular shunchaki aql bovar qilmas darajada”, deydi AQSH Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron muzokaralar guruhi ertaga, 22 aprel kuni tinchlik muzokaralarida ishtirok etish uchun Islomobodga yo‘l olishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Amerika delegatsiyasi ham allaqachon Islomobodga yo‘l olgan. Amerikaliklar tarkibidan vitse-prezident Jey Di Vens, maxsus vakil Stiv Vitkoff va maslahatchi Jared Kushner joy olgan.
Live
BarchasiDehqonobod tumaniga sel keldi
23 aprel