AQSH 38 yil ichida ilk bor Eronga paluba artilleriyasidan zarba berdi

Olam

image

Amerikalik harbiylar Eronning Touska savdo kemasini o‘qqa tutish va egallash jarayonida paluba to‘plaridan foydalangan. Bu haqda AQSH Harbiy-dengiz kuchlari rasmiysiga tayanib, “ The War Zone” nashri xabar berdi.

Bu AQSH tomonidan dengizdagi nishonlarga qarshi paluba artilleriyasidan so‘nggi 38 yil ichida birinchi bor foydalanilishi hisoblanadi.

19 aprel kuni “Arli Berk” turidagi USS Spruance esminetsi Touska kemasiga qarshi 5 dyuymli MK-45 to‘pidan foydalanilgan.

“Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, dengiz kemasidan boshqa kemaga qarshi paluba to‘pining oxirgi aniq qo‘llanilishi 1988 yil 18 aprel kuni bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Paluba to‘plari – bu jangovar kema yoki suvosti kemasining ustki qismiga ochiq o‘rnatilgan artilleriya tizimlari bo‘lib, ular minoralar ichiga yashirilmaydi. 1988 yildagi “Bog‘omol” operatsiyasi Eron–Iroq urushi (Birinchi Fors ko‘rfazi urushi) davrida o‘tkazilgan. U AQSHning USS Samuel B. Roberts esminetsi Eron minalaridan biriga urilgach boshlangan (katta shikastga qaramay, kema cho‘kmagan).

Shundan so‘ng AQSH kuchlari Eronning IRIS Joshan fregati bilan to‘qnashuvga kirishgan. Raketa zarbalaridan keyin kema artilleriya o‘qi bilan yakson qilingan.

Taxminan sakkiz soat davom etgan jangda Eron bir fregat, raketa kateri, tezkor qayiqlar va dengiz platformalaridan ayrilgan. AQSH tomoni esa faqat bitta AH-1 vertolyotini yo‘qotgan, uning ikki nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan. Ushbu operatsiya AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik dengiz amaliyotlaridan biri sifatida tarixga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kamida 34 ta Eronga aloqador tanker Arab dengizi chegarasida kemalar harakatini to‘sib turgan AQSH harbiy kemalari yonidan suzib o‘tishga muvaffaq bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron artilleriya AQSh kuchlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing