Istanbulda “Galatasaroy” futbolchisi kaltaklandi

Sport

image
Istanbuldagi savdo markazida “Galatasaroy” futbolchisi Lukas Torreyra kaltaklandi. Bu haqda “A haber” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Galatasaroy” yarim himoyachisi Istanbuldagi savdo markazida joylashgan kafedan chiqib ketayotganida Yusuf Yildirim tomonidan hujumga uchragan. Hujum kutilmaganda sodir bo‘lgani sababli atrofdagilar orasida vahima yuzaga kelgan.

Aytilishicha, gumonlanuvchi futbolchini kafedagi ijtimoiy tarmoqlardagi postlar orqali topgan. Torreyra voqea joyidan taksida qochishga uringan, biroq tez orada politsiya tomonidan qo‘lga olingan. U allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va hujum bo‘yicha xulosa olingan.

So‘roq davomida gumonlanuvchi bu harakatini futbolchining sevgilisiga bo‘lgan qiziqish bilan izohlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Torreyra politsiyaga ayol uning qiz do‘sti ekanini bildirgan, sud esa avvalroq Yildirimga 45 kun davomida unga yaqinlashmaslik haqida buyruq bergan. Endilikda sud gumonlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Lukas Torreyra 2022 yilda “Arsenal”dan “Galatasaroy”ga o‘tgan edi.

Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Lukas Torreyra “Galatasaroy”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing