Italiya Superkubogi finalchilari aniq bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 19 dekabr kuni “Bolonya” va “Inter” jamoalari o‘rtasidagi Italiya Superkubogi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi “Al-Avval Park” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Bolonya” penaltilar seriyasida “Inter”ni mag‘lub etib, Italiya Superkubogi finaliga yo‘l oldi. 

Uchrashuvdagi hisobni 2-daqiqada “Inter” hujumchisi Markyus Tyuram ochgan bo‘lsa, 35-daqiqaga kelib “Bolonya” yarim himoyachisi Rikkardo Orsolini penaltidan aniq zarba berib, oradagi muvozanatni tikladi.

Asosiy vaqtda 1:1 hisobidagi durrang qayd etilgach, jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Unda “Bolonya” futbolchilari aniqroq harakat qilib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Turnirning birinchi yarim finalida “Napoli” “Milan”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Endi “Napoli” va “Bolonya” jamoalari joriy yilning 22 dekabr kuni Italiya Superkubogi final uchrashuvida maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda “Milan” finalida “Inter” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Superkubok “Napoli” “Inter”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing