Italiya JCH yo‘llanmasi uchun pley-off finaliga chiqdi

Sport

image

Kecha, 26 mart kuni Jahon chempionati Yevropa saralash bosqichi pley-off yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda Italiya terma jamoasi Shimoliy Irlandiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv Bergamo shahrida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning 56-daqiqasida Sandro Tonali hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi. Shundan so‘ng 80-daqiqada Moyze Kinning goli mezbonlarga 2:0 hisobidagi g‘alabani nishonlashga imkon berdi. 

Shu tariqa, Jahon chempionatiga yo‘llanma beruvchi hal qiluvchi pley-off uchrashuvida Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi jamoa joriy yilning 31 mart kuni Bosniya va Gertsegovinaga qarshi maydonga tushadi.

Boshqa bir uchrashuvda Turkiya terma jamoasi Ruminiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Endi ular mundial yo‘llanmasi uchun Kosovoga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Musobaqa joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha uch mamlakat — AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Italiya Shimoliy Irlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing