Italiyadagi muzeydan millionlab dollarlik asarlar o‘g‘irlab ketildi

Olam

image

Italiyadagi muzeydan Renuar, Sezann va Matiss asarlari o‘g‘irlandi. Bu haqda Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Parma yaqinidagi Manyani-Rokka fondi xususiy muzeyidan mashhur impressionistlarning uchta asari o‘g‘irlab ketildi: Per Ogyust Renuarning “Baliqlar” asari, Pol Sezannning qalam va akvarelda chizilgan “Olcha bilan natyurmort” hamda Anri Matissning “Terrasadagi odaliska” akvarel asari.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘rilik bir hafta oldin – 22 martdan 23 martga o‘tar kechasi sodir etilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yuzlarini berkitib olgan o‘g‘rilar kirish eshigini buzgan va bor-yo‘g‘i uch daqiqa ichida san’at durdonalari bilan bog‘ orqali g‘oyib bo‘lgan. O‘g‘irlangan asarlarning qiymati millionlab yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 19 oktyabr kuni ish vaqti davomida niqob kiygan jinoyatchilar Luvrga kirib, imperatorlik kolleksiyasiga mansub to‘qqizta eksponatni, jumladan, Napoleon va uning rafiqasi Jozefinaga tegishli zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan edi. O‘g‘rilikdan yetgan zarar 88 million yevroga baholangan.

Voqeadan bir hafta o‘tib, Luvrdan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan to‘rt kishidan ikki nafari qo‘lga olingan. Ulardan biri Parijdagi Ruassi – Sharl-de-Goll aeroportida, Jazoirga uchadigan samolyotga chiqish paytida hibsga olingan. Ikkinchisi esa Sena-Sen-Deni departamentida qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya muzey millionlab dollarlik asarlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing