Italiyada 17 mln yevrolik harbiy jihozlar g‘oyib bo‘ldi

Olam

image

Italiyada harbiy samolyotlar uchun mo‘ljallangan qariyb 2 500 dona avionika va ehtiyot qismlarining g‘oyib bo‘lishi bo‘yicha tergov boshlandi. Brindizi shahridagi havo kuchlari omborlaridan yo‘qolgan uskunalarning umumiy qiymati 17 million yevroga baholanmoqda. Bu haqda “Euronews” yozdi.

Yo‘qolgan jihozlar orasida Panavia Tornado, AMX va Lockheed C-130 Hercules samolyotlari uchun muhim elektron tizimlar bor. Bu oddiy ehtiyot qismlar emas, balki xavfsiz parvozni ta’minlovchi strategik avionika elementlari hisoblanadi.

Prokuratura taxminan o‘n nafar shaxsni, jumladan yuqori lavozimli logistika rahbarlari va ombor xizmatini yuritgan xususiy kompaniya vakillarini “o‘g‘rilikda” gumon qilmoqda. Tergovchilar qismlarni avval rasmiy hisobdan chiqarilib, “yaroqsiz” deb qayd etish orqali ularning izini yo‘qotishga urinish bo‘lganmi-yo‘qmi, shuni o‘rganmoqda.

Ayrim nashrlar ehtiyot qismlar Janubiy Amerikaga, xususan, Braziliyaga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Italiya sud organlari texnik ekspertiza tayinlab, ushbu jihozlar haqiqatan chiqindimi yoki foydalanishga yaroqlimi aniqlashga kirishgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'g'rilik samolyot Italiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing