Eronga hujum fonida Toshkentdan uchgan samolyot ortga qaytdi

Olam

image

Bugun, 28 fevral kuni Toshkentdan Dubayga yo‘l olgan “Qanot Sharq” aviakompaniyasiga tegishli samolyot Eron osmoni yopilgani sababli ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Flightradar ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, HH901 reysi Toshkentdan parvozni amalga oshirgan. Biroq vaziyat o‘zgargani tufayli samolyot ortga qaytgan va Toshkentga qo‘ngan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron va Isroil o‘z havo hududini yopgani haqida rasmiy ma’lumotlar berilgan edi.

Flightradar'dan olingan rasmlarga ko‘ra, ayni paytda Eron va Iroq osmonida samolyotlar harakati to‘xtagan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Flightradar ortga qaytdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing