Qambarota GES-1 qurilishi tezlashtiriladi
Jamiyat
−
10 iyun 6443 1 daqiqa
Bugun, 10 iyun kuni Toshkent investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Odilbek Qosimaliyevni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida Odilbek Qosimaliyev O‘zbekiston rahbariga Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Energetika va transport kommunikatsiyalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan Qambarota GES-1 va “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘lining qurilishini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yilda o‘tkaziladigan Hukumatlararo komissiya va Hududlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishlarini samarali tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
Live
Barchasi