“Qamchiq”da qor yog‘di (video)

Jamiyat

image

Bugun, 4 noyabr kuni erta tongdan “Qamchiq” dovonining yuqori qismida maydalab qor yog‘a boshladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, FVV, YPX va “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK xodimlari hamkorligida yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yo‘lda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam ko‘rsatilmoqda. 

“Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi”, deyiladi FVV xabarida. 

Vazirlik tomonidan e’lon qilingan videoda qor mayin yog‘ayotgan bo‘lsa-da, dovonni qoplaganini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham qor yog‘ayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Hozircha qor nafasi Toshkent shahriga yetib kelgani yo‘q, ammo Qashqadaryo, Jizzax va boshqa tog‘li hududlar allaqachon qor bilan qoplangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Qostanay viloyatida ilk bor qor yoqqani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq dovon Qamchiqavtoyo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing