Qarzini so‘ragan tanishini o‘ldirgan erkak 16 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Romitan tumanida qarzini bermay, tanishini o‘ldirgan erkak 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Qayd etilishicha, sudlanuvchi 2018 yilda marhumning uzumzoridan 10 ming dollarlik uzum sotib olgan, biroq kelishilgan pulni belgilangan vaqtda qaytara olmagan. Marhum undan ko‘p bora qarzini to‘lashini so‘ragan.

2024 yilning 22 oktyabr kuni kechki payt qarzdor fermer xo‘jaliklaridan birining yerida qo‘y boqib yurganida marhum uning oldiga borib, yana pulni so‘ragan. Shunda ular o‘rtasida tortishuv boshlangan va mushtlashuvga aylangan janjal qotillik bilan yakun topgan. Sudlanuvchi uni o‘ldirish uchun bolta bilan uning bosh qismi, peshana va ensa qismiga o‘ta shafqatsizlarcha bir necha marotaba urib, uni qattiq azoblab, o‘ldirgan. So‘ngra hodisa joyidagi dalillarni yo‘qotish maqsadida marhumning telefonini zaxkash ichiga, oyoq kiyimlarini esa qamishzorlar ichiga tashlab yuborgan. So‘ng hech narsa bo‘lmagandek, uyidagilar bilan to‘yga ketgan. Tun yarmida jasadni yashirish maqsadida voqea joyiga qaytib, uyidan olib kelgan belkurak bilan chuqurlik qazib, jasadni ko‘mgan.

Marhumning jasadi oradan 22 kun o‘tgach, 13 noyabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan topilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tumani sudida ko‘rib chiqilgan sud majlisida ayblanuvchi aybiga qisman iqrorlik bildirgan. U Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “j”, “i” bandlari bilan aybli deb topildi va 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Pop tumanida amakisining turmush o‘rtog‘i va uning ikki farzandini o‘ldirgan yigit umrbod muddatga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud qarz Buxoro qasddan odam o'ldirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing