Qashqadaryoda aholiga mo‘ljallangan gazni sotayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida aholi va ijtimoiy soha muassasalariga imtiyozli narxlarda yetkazib berilishi lozim bo‘lgan suyultirilgan gazni sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.G.S.” MCHJ rahbari D.K. fuqaro M.X. bilan o‘zaro til biriktirib, unga aholi va ijtimoiy soha muassasalariga imtiyozli narxlarda yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 10 200 kg suyultirilgan gazni 76,5 mln so‘mga sotishga kelishib, KamaAZ rusumli gaz tashuvchi yuk avtomashinasiga 10 360 kg suyultirilgan gazni yuklab bergan vaqtida ushlanib, fuqaro A.F. ning avtomashinasidan 35 mln so‘m va 2 000 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida “Hududgaz” xodimi 6 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Qashqadaryo Ko'kdala

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing