Qashqadaryoda kadastr xodimlari 9 ming dollar bilan ushlandi 

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Shahrisabz tumanlarida 3 nafar fuqaro pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro 12 sotix yer maydonini noqonuniy egallab olgan. Shundan so‘ng unga nisbatan 82 mln so‘m jarima belgilangan. Kadastr agentligining Qarshi tuman bo‘limi yetakchi inspektori esa o‘zining mansabdor tanishlari orqali jarimani bekor qilish va mazkur yer uchastkasining kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2 ming dollar talab qilgan. Gumonlanuvchi talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Ikkinchi holatda esa muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan 59 yoshli shaxs va Davlat kadastrlari palatasining Shahrisabz tuman filiali xodimi o‘zaro til biriktirgan. Ular mahalliy dehqon xo‘jaligiga tegishli 9 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxona rahbari nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 7 ming AQSH dollari talab qilgan.

Shundan so‘ng, oldindan 4 ming dollarni olgan vaqtlarida huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. 

Hozirda har ikki holat bo‘yicha ham jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV xodimi pora bilan qo‘lga tushgan edi. 

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pora Qashqadaryo kadastr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing