Qashqadaryodagi “zapravka” portlashida 4 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
16 iyul 2025 22198 1 daqiqa
Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Unda 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:00 da o‘rab olingan va soat 15:35 da to‘liq o‘chirilgan. Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
Shuningdek, voqea joyiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori boshchiligidagi bir guruh tajribali mutaxassislar yuborilgan.
Live
Barchasi