“Qashqadaryolikman, zo‘ring bormi?”. Toshkent ko‘chalarida haydovchilarni haqoratlagan shaxs jazolandi

3-sahifa

image

Toshkent ko‘chalarida jamoat tartibini buzib, haydovchilarni haqorat qilgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Unga ko‘ra, fuqaro joriy yilning 13 noyabr kuni soat 18:50 da Yashnobod tumanidagi Birlashgan va Aviasozlar ko‘chalari chorrahasi yaqinida jamoat tartibini buzgani aniqlangan. U yo‘l o‘rtasida baland ovozda haydovchilarni haqoratlab, ularning harakatlanishiga xalaqit bergan. Shu orqali jamoat tartibi va fuqarolarning osoyishtaligi buzilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ham erkakning haydovchilarni juda qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlagani, ularning harakatlanishiga halaqit qilgani hamda “Qashqadaryolikman, zo‘ring bormi?”, degan gaplarini eshitish mumkin.

Sud jarayonida fuqaro aybini to‘liq tan olib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, suddan yengilroq jazoni qo‘llashni so‘ragan.

Fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan xuquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va unga ushbu modda bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shu bilan birga, maxsus qabulxonada saqlash xarajatlari sifatida har bir kunga bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, ya’ni 618 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ davlat foydasiga undirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida mast erkaklar inspektorlar bilan janjallashib, jamoat tartibini hamda fuqarolar osoyishtaligini buzgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent haqorat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing