Qaysi hududlarda qurilishga eng ko‘p pul sarflangani aytildi
Jamiyat
−
08 Oktabr 5986 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-avgust oylarida qaysi viloyat qurilish uchun eng ko‘p pul sarflagani aytildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning so‘nggi 8 oyida jami 188,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 11,5 foizga oshgan. Qurilishga eng ko‘p miqdordagi pulni Toshkent shahri sarflagan bo‘lsa, (56,2 trln so‘m) eng kam qurilish Sirdaryo viloyatida (3,6 trln so‘m) qayd etilgan.
Ushbu raqamlarning boshqa hududlar kesimidagi ko‘rsatkichi quyidagicha:
- Toshkent viloyati — 21,4 trln so‘m;
- Buxoro viloyati — 12 trln so‘m;
- Samarqand viloyati — 11,5 trln so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 11,5 trln so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 10,7 trln so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 9,5 trln so‘m;
- Namangan viloyati — 8,8 trln so‘m;
- Andijon viloyati — 8,6 trln so‘m;
- Navoiy viloyati — 7,9 trln so‘m;
- Xorazm viloyati — 7,8 trln so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 6,4 trln so‘m;
- Jizzax viloyati — 5,1 trln so‘m;
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida to‘liq hujjatlar to‘plamiga ega bo‘lmagan 59 ta ob’ektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatilgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi