Qaysi mamlakatda eng ko‘p tug‘ilishlar kutilayotgani aytildi
Olam
−
13 dekabr 5596 2 daqiqa
2025 yil jahondagi barcha tug‘ilishlarning 17 foizi Hindicton hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda BMTning “World Population Prospects” hisoboti ma’lumotlariga tayanilgan holda, “Visual Capitalist” portali ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, dunyoda o‘rtacha tug‘ilish koeffitsiyenti 1970 yilda ayol boshiga taxminan besh nafar boladan 2025 yilga kelib taxminan ikki nafar bolagacha pasayganiga qaramasdan, bu yil jahondagi barcha tug‘ilishlarning 17 foizi Hindiston hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, dunyoda aholisi eng ko‘p mamlakatda tug‘ilish koeffitsiyenti hududlar bo‘yicha sezilarli darajada farq qiladi. Taxminan 31 ta mamlakatda tug‘ilish allaqachon oddiy aholining o‘zini o‘zi qoplash darajasidan pastga tushgan, bu esa hukumatlarni bola ko‘rishni rag‘batlantiruvchi choralarni joriy etishga undamoqda.
Xitoy 2025 yilda 8,7 million tug‘ilish prognozi bilan ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bugun mamlakat dunyoda tug‘ilish koeffitsiyenti eng past davlatlardan biri hisoblanadi – ayol boshiga taxminan bir bola, holbuki 1970 yilda bu ko‘rsatkich olti edi.
Undan keyin Nigeriya keladi – 7,6 million tug‘ilish. 2050 yilga borib bu raqam prognozlarga ko‘ra 8,1 milliongacha o‘sadi. Xuddi shu davrda Nigeriya AQSHni ortda qoldirib, aholi soni bo‘yicha dunyodagi uchinchi mamlakatga aylanishi kutilmoqda.
Rossiya 2025 yilda 1,2 million tug‘ilish bilan dunyoda 23-o‘rinni egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq so‘nggi 25 yilda turmush darajasi eng tez o‘sgan mamlakatlar e’lon qilingandi.
Live
Barchasi