Samarqandda inspektor “o‘rtakash” orqali pora olganda ushlandi
3-sahifa
−
12:14 3487 1 daqiqa
Samarqand viloyatida tadbirkorning ishini hal qilib berish evaziga 2 200 dollar pora talab qilgan inspektor ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Samarqand suv ta’minoti” AJning Oqdaryo filiali inspektori M.A “Q.S.” MCHJga qarashli xususiy klinikada tegishli ruxsatnomasiz ichimlik suvi va oqova suv tarmog‘iga noqonuniy ulangani holati bo‘yicha hisoblangan 147 mln so‘m zararni yo‘q qilib berishi evaziga 2 200 dollar talab qilib, ushbu pullarni fuqaro F.I. inspektor M.A.ning topshirig‘iga asosan tadbirkordan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida tijorat bankining mas’ul shaxslari mijozning bankka omonat uchun qo‘ygan 500 ming dollar pulini talon-toroj qilgandi.
Live
Barchasi