Qirg‘iziston O‘zbekiston chegarasida yangi post ochdi
Olam
−
28 may 5464 1 daqiqa
Qirg‘iz Respublikasi Botken tumanining Sog‘ment qishlog‘idagi chegara hududida O‘zbekiston bilan yangi chegara punkti ochildi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidentining Botken viloyatidagi vakolatli vakili matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, chegara punktining ochilish tadbirida onlayn formatda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati raisi Abdukarim Alimboyev va joyning o‘zida boshqa mutasaddilar ishtirok etgan. Marosimda rahbarlar “Sog‘ment” chegara postining ochilishi davlat xavfsizligini mustahkamlash va chegara hududlarida barqarorlikni ta’minlashda muhim voqea ekanini ta’kidlagan.
“Ushbu chegara postida xizmatni sifatli olib borish uchun barcha sharoit yaratilgan. Zamonaviy talablarga javob beradigan kazarma qurilib, xizmat uchun zarur imkoniyatlar ta’minlangan”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu hudud Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat chegarasining 12 kilometrdan ortiq qismini qamrab oladi.
Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Farg‘ona viloyatining Shohimardon qishlog‘iga kirish qismida joylashgan “Oq-Qiya” bojxona punkti hamda “So‘x” chegara bojxona posti 24 soatlik ish rejimiga o‘tgan edi. Bunga qadar ushbu bojxona maskanlarida xizmat soat 06:00 dan 22:00 ga qadar olib borilgan. Bildirilishicha, o‘tkazish punktlarining ish rejimidagi o‘zgarish faqat yozgi sayyohlik mavsumida – joriy yilning 1 oktyabriga qadar amal qiladi.
Live
Barchasi