O‘zbekiston futbolchilarning Kanadaga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Sport
−
11:13 9414 1 daqiqa
Bugun, 2 iyun kuni Kanadaning Edmonton shahrida O‘zbekiston va Kanada terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
“Sofascore” portalining talqiniga ko‘ra, Abduqodir Husanovga ushbu bahsda O‘zbekiston terma jamoasi safidagi eng yaxshi futbolchi bo‘lgan. Husanov o‘yindagi harakatlari 7,1 bahoga loyiq ko‘rilgan. Eng past baho esa, Otabek Shukurovga qo‘yildi. Markaziy yarim himoyachi nashr tomonidan 5,9 bahoga loyiq ko‘rilgan.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida Eldor Shomurodovda bir nechta golli vaziyatlar yuzaga keldi, ammo Eldor ulardan foydalana olmadi. 23-daqiqada esa, O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev jarohat olib, maydonni tark etdi. Shu tariqa birinchi bo‘lim 0:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda mezbonlar tashabbusni qo‘lga oldi. 58-daqiqada Jonatan Osorio hisobni ochdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi daqiqalarida Jalden Nelson Kanadaning ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan ilk o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi.

Live
Barchasi