Qirg‘izistonda 3 egizakni dunyoga keltirgan ayolga 3 xonali uy berildi
Olam
−
13 Sentabr 6026 1 daqiqa
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev O‘sh viloyatining Oloy tumanida yashovchi ayolga 3 egizak dunyoga keltirgani uchun 3 xonali uy sovg‘a qildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli Nurjamol Botirbek qizining shaxsiy uyi bo‘lmagan va Qamchibek Tashiyev unga 3 nafar o‘g‘il farzand dunyoga keltirgani uchun O‘sh shahridan uy berishga qaror qilgan.
“Parlament deputati Janar Akayev menga bu oilani qo‘llab-quvvatlashimni so‘rab, xat yozdi. Ularning doimiy yashash uchun uyi yo‘q ekan. Janar Akayevning so‘zini yerda qoldirmay, mana shu bolalar uchun men Nurjamol qizimizga O‘sh markazidan uy bermoqchiman”, deydi Qamchibek Tashiyev ayolga uy kalitini topshirar ekan.
Shuningdek, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari qirg‘izistonlik ayollarni imkon qadar ko‘proq bola tug‘ib, mamlakat aholisini ko‘paytirishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida 3 egizak chaqaloq tug‘ilgandi. Dunyoga kelgan chaqaloqlarning 2 nafari o‘g‘il, 1 nafari esa qiz edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi