Qirg‘izistonda sudlangan shaxslarning davlat lavozimida ishlashi taqiqlandi

Olam

image

Qirg‘izistonda sudlangan shaxslarning davlatning yuqori lavozimlarida ishlashi taqiqlandi. Bu haqda bugun, 29 iyul kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov imzolagan “Qirg‘iziston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.

Qayd etilishicha, qonunning maqsadi davlat hokimiyati organlariga fuqarolarning ishonchini oshirish, yuqori martabali shaxslar va maxsus maqomga ega davlat vakillari orasida benuqson obro‘-e’tiborni shakllantirish, shuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlash.

Qonunnga ko‘ra, endilikda sudlangan shaxslar quyidagi lavozimlarga saylana olmaydi:

  • Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti lavozimiga;
  • Jogorku Kenesh deputatligiga;
  • Vazirlar Mahkamasi raisi va uning a’zolari, boshqa ijro hokimiyati rahbarligiga;
  • Markaziy saylov va referendumlar komissiyasi a’zoligiga;
  • Milliy bank raisi, uning o‘rinbosarlari va boshqaruv a’zoligiga;
  • Hisob palatasi auditorligiga.

Shuningdek, diniy arboblar diniy faoliyatlarini to‘xtatgan kundan boshlab 5 yil ichida prezidentlik yoki deputatlik lavozimiga nomzod bo‘lish huquqiga ega emas.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Jogorku Keneshiga korrupsiya jinoyati uchun sudlangan shaxslarning davlat rahbarlik lavozimlarini egallashini umrbod taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritilgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston davlat lavozimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing